O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”
2023-yil 24-martdagi PQ-102-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining “Davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni qayta tashkil etish va tugatishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 3-apreldagi 139-son qaroriga muvofiq Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 5-apreldagi 41-sonli buyrug‘iga asosan “Avtomobil yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti” unitar korxonasi “Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasi sifatida (keyingi o‘rinlarda – “Institut”) qayta tashkil etildi.
Institut “Avtomobil yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti” unitar korxonasining huquqiy vorisi hisoblanadi.
Institutning to‘liq nomi:
o‘zbek tilida – Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti (qisqartmasi - AYITI);
rus tilida – Автодорожный научно-исследовательский институт (qisqartmasi - АНИИ).
Institut davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi va uning faoliyat muddati cheklanmagan.